Toshkentdagi ko‘chalardan biri 20 iyungacha yopildi

Jamiyat

image

Bugun, 13 iyundan boshlab Toshkent shahrining Mirobod tumanidagi Haydar Aliyev ko‘chasi bir haftaga yopildi. Bu haqda poytaxt hokimligi ma’lum qildi.

“13 iyundan boshlab Haydar Aliyev ko‘chasining Ozarbayjon madaniyat markazi joylashgan manzilidan Sariko‘l ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan oralig‘idagi yo‘lning bir tomoni ta’mirlash ishlari sabab bir haftaga yopiladi”, deyiladi xabarda.

Mazkur yo‘ldan harakatlanuvchi haydovchilarga ma’lum muddat aylanma yo‘llardan yurish tavsiya etilgan.

“Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz”, deya qo‘shimcha qilingan xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent ko'cha

Baholaganlar

93

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing