Toshkentdagi qurilishda 23 yoshli yigit vafot etdi

3-sahifa

image

Toshkent shahridagi ko‘p qavatli uy qurilishida 23 yoshli yigit boshiga “opalubka” tushib, vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi. 

Kecha, 11 mart kuni Yangihayot tumani, “Yangi Darxon” MFYda “King house” MCHJ tomonidan qurilayotgan ko‘p qavatli uylarning qurilishida ishlab kelayotgan 2001 yilda tug‘ilgan B.Sh.ning boshiga uyning 14-qavatidan “opalubka” tushib ketib, vafot etgan.

Dastlabki sud tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, B.Sh.ning o‘limiga hayot bilan nomutanosib jarohat, bosh miya ochiq jarohati, kalla gumbazining asosiy suyaklarining yuz suyaklariga o‘tuvchi sinishlari, bosh miya lat yeb majaqlanishi, umurtqa pog‘onasi va orqa miya yopiq jarohati, oltinchi yettinchi ko‘krak umurtqalari sinishi, orqa miya lat yeyishi, ko‘krak qafasi yopiq to‘mtoq jarohati, to‘sh suyagi, o‘pkalar lat yeb yorilishi, bosh sohasi ezilib yirtilgan yarasi, tashqi va ichki qon yo‘qotish, ichki a’zolari kam qonligi sabab bo‘lgan.

Hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 3 mart kuni Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida er-xotin o‘z xonadonidan jonsiz holatda topilgandi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made