Toshkentdagi qog‘oz sexida yong‘in chiqdi (video)

3-sahifa

image

Bugun, 22 avgust kuni Toshkent shahar Yangihayot tumanida joylashgan qog‘ozni qayta ishlash sexi hududida yong‘in chiqdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, soat 13:29 da Toshkent shahar FVBga Yangihayot tumani “Chortoq” MFY Rayhon ko‘chasida joylashgan qog‘ozni qayta ishlash sexi hududida ochiq maydonda qog‘oz chiqindilari va quruq o‘t yonayotgani to‘g‘risida xabar tushgan.

Xabarga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga soat 13:33 da yetib borib, soat 13:52 da yong‘in o‘rab olingan hamda soat 14:16 da o‘chirilgan. Yong‘inga Toshkent shahar FVBdan 8 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb etilgan. Hodisa oqibatida tan-jarohati olganlar yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida joylashgan xo‘jalik mollari do‘konida yong‘in sodir bo‘lgani xabar qilingandi. Hodisa oqibatida do‘konning tom va ichki qismida taxminan 70 kvadrat metr maydon yonib zararlangan. Tan jarohati olganlar bo‘lmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent yong'in Yangihayot qog'oz tsexi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing