Toshkentdagi “G‘alaba bog‘i” yopildi
Jamiyat
−
20 may
26646Toshkentdagi “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasi va uning tarkibidagi “Shon-sharaf” davlat muzeyi yopildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Toshkent shahar Olmazor tumanida joylashgan “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasi va uning tarkibidagi “Shon-sharaf” davlat muzeyida 20 may kunidan yangi ekspozitsiyalarni joylashtirish hamda majmua hududida kichik ta’mirlash va dezinfeksiya ishlari olib borilishi rejalashtirilgan.
Shu munosabat bilan 2024 yilning 20 may kunidan qisqa muddatga “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasi va uning tarkibidagi “Shon-sharaf” davlat muzeyiga kirish tashrif buyuruvchilar uchun vaqtinchalik to‘xtatildi.
Eslatib o‘tamiz, 8 may kuni Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaga hissa qo‘shgan barcha urush va front orti mehnat faxriylariga ehtirom ko‘rsatish maqsadida “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasi va bir qator hududlarda harbiy paradlar o‘tkazilgan edi.