Toshkentdagi “Do‘stlik – Qo‘yliq” metro liniyasi qurib bitkazildi

Jamiyat

Toshkent halqa metro liniyasining birinchi bosqichi bo‘lgan “Do‘stlik – Qo‘yliq” metro liniyasi qurib bitkazildi. Metroning ushbu uchastkasi “Do‘stlik-2” hamda 2, 3, 4, 5, 6 hamda Qo‘yliq bozoridagi 7-bekatlardan iborat. Bu haqda shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Yangi yo‘nalishning uzunligi 11 kilometr.

Ushbu yo‘nalishda poyezdlarning o‘rtacha yurish tezligi soatiga 60 kilometrni tashkil etadi. Harakatlanish oraliq vaqti 4 daqiqadan iborat.

Bekatlar 5 ta vagon to‘xtashi uchun mo‘ljallangan. Har bir bekat milliy me’morchilik uslubiga xos tarzda qurilgan, ular ko‘rinishi va bezatilishi jihatidan bir-birini takrorlamaydi.

Metro liniyalarining estakada yo‘nalishida harakatlanadigan zamonaviy va yuqori sifatli, yo‘lovchilar uchun barcha qulayliklarga ega vagonlar keltirilgan.

Rossiya Federatsiyasidan metro liniyalarining estakada yo‘nalishida harakatlanadigan zamonaviy, yuqori sifatli, yo‘lovchilar uchun barcha qulayliklarga ega dastlabki beshta harakat tarkibi keltirildi.

Ma’lumot uchun, umumiy uzunligi 52,1 kilometrdan iborat mazkur metro yo‘nalishining 50,5 kilometri balandligi 6 metrlik estakadalar orqali o‘tkaziladi, 1,6 kilometri yer ustida quriladi.

2017-2021 yillarga mo‘ljallangan loyiha besh bosqichda amalga oshiriladi. Ikkinchi bosqich Qo‘yliq bozori bilan “Olmazor” bekatini bog‘laydi. Uchinchi bosqichda “Olmazor”dan “Beruniy” bekatigacha bo‘lgan qism barpo etiladi. Keyingi bosqichda inshoot “Beruniy”dan “Bodomzor” bekatigacha quriladi, so‘nggi bosqichda “Do‘stlik” bekatiga ulanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent halqa metro liniyasi

Baholaganlar

172

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing