Toshkentdagi dorixonalardan birining litsenziyasi bekor qilindi

3-sahifa

image

Toshkent shahrida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan “Nozim-Abdulloh Farm” MCHJga tegishli dorixona litsenziya talab va shartlarini buzgani sababli korxonaning litsenziyasi bekor qilindi. Bu haqda SSV huzuridagi “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash boshqarmasi mutaxassislari tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvda MCHJga tegishli dorixonaning litsenziya talab va shartlarini chetlab o‘tgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan “Nozim-Abdulloh Farm” MCHJga dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish uchun 2023 yil 17 fevralda berilgan 064097-sonli litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi”ning Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudiga kiritgan da’vo arizasi sudning tegishli hal qiluv qarori bilan qanoatlantirilgan. Korxonaga berilgan litsenziya esa bekor qilingan.

Mazkur dorixona amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq, litsenziyasi tugatilgan dorixonalar manzillari va qonun buzilishlariga bevosita aloqador xodimlar (provizorlar, farmatsevtlar) ning yagona reyestriga kiritilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan “Samo” mas’uliyati cheklangan jamiyatining litsenziyasi vaqtinchalik to‘xtatilgandi. korxona tomonidan qo‘pol qonunbuzilish holatiga yo‘l qo‘yilgani aniqlanib, 2023 yil dekabr oyida “Samo” MCHJ litsenziyasini bekor qilish to‘g‘risida Markaz tomonidan sudga da’vo arizasi kiritilgandi.

Namanganda yuz bergan zaharlanish holati yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha surishtiruv-tergov harakatlari olib borilayotgani sababli mazkur iqtisodiy ish bilan bog‘liq sud javobgarning iltimosnomasiga ko‘ra 2024 yil 19 yanvarda to‘xtatildi. “Samo” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga tegishli (dori vositalarini ishlab chiqarish uchun 2020 yil 30 martda berilgan) 15571-sonli litsenziyaning amal qilishi vaqtinchalik to‘xtatildi.


Maqola muallifi

Teglar

“Nozim-Abdullox Farm” MChJ

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar