Toshkentdagi “dom” qiyshiq qurilyaptimi? (video)

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda poytaxt Toshkentning Shayxontohur tumanidagi Islom Karimov va Bunyodkor ko‘chalari kesishuvida joylashgan qurilish ob’ektining tepa qismi qiyshiq qurilayotgani aks etgan videolar tarqaldi. Holat yuzasidan Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi munosabat bildirdi.

Unga ko‘ra, ushbu ob’ekt zamonaviy arxitektura namunasi sifatida o‘ziga xos dizayn asosida loyihalashtirilgan bo‘lib, bu bino konstruktiv elementlarida kamchiliklar borligini anglatmaydi. Ob’ektni qurilish ishlari belgilangan talab va me’yorlar asosida amalga oshirilmoqda.

Xususan, tasdiqlangan loyiha hujjatlarining KJ (temir-beton konstruksiyalar) bo‘limining yechimlariga asosan 23-qavatdan 26-qavatgacha K-4 va K-5 quyma temir-beton ustunlar egilgan holda loyihalashtirilgan hamda bu qurilish me’yorlari va qoidalariga asosan bajarilgan.

Shuningdek, ishchi loyiha hujjatlari mahalliy MCHJ tomonidan ishlab chiqilganidan so‘ng “Zilzilabardosh qurilishning ilmiy-tadqiqot va loyiha markazi antiseysmik” MCHJ tomonidan ushbu hudud seysmikasiga yondashgan holda tekshirilgan va 2021 yil 16 martda bu borada ham ijobiy xulosa olingan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent qiyshiq dom

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing