Toshkentdagi “dom”da yong‘in chiqdi (video)
3-sahifa
−
21 mart
2412Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi ko‘p qavatli uylardan birida yong‘in chiqdi. Bu haqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, kecha, 20 mart kuni soat 22:04 da Toshkent shahar Yunusobod tumani Yunusota ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uyning 8-qavatdagi xonadonlarning birida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan. Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 22:16 da yetib borib, yong‘in soat soat 22:24 da o‘chirilgan.
Bildirilishicha, yong‘in oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar aniqlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand shahrida joylashgan viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi kutubxonada yong‘in sodir bo‘lgan edi. Ushbu yong‘in kutubxonaning ma’muriy binosida sodir bo‘lgani uchun kutubxonadagi kitoblarga hech qanday zarar yetmagan.
LiveBarchasi
Trenddagilar




