Toshkentdagi “dom”da odamlar bilan pastga tushib ketgan liftning o‘ndan ortiq kamchiliklari aniqlandi
3-sahifa
−
14 mart
3135Avvalroq, Toshkentdagi ko‘p qavatli uyning lifti ichidagi odamlar bilan pastga tushib ketgani haqida xabar berilgandi. Holat yuzasidan Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, qo‘mita tomonidan yuqorida ko‘rsatilgan manzilda joylashgan lift qurilmalari texnik holati ko‘rikdan o‘tkazilgan. Ushbu tekshiruvlar natijasida liftda o‘ndan ortiq kamchiliklar borligi, shuningdek, lift qurilmasida kuzatuv-kamera moslamasi, dispetcherlik aloqa xizmati, avariya holatlari to‘g‘risida xabar berish vositasi o‘rnatilmagani aniqlangan.
Qolaversa, qo‘mita mutaxassislari va sohaga ixtisoslashtirilgan tashkilotlar vakillari bilan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha texnik xavfsizlik choralari ko‘rilgan.
Eslatib o‘tamiz, 3 fevral kuni Toshkent shahrining Olmazor tumanida joylashgan savdo majmuasida farrosh ayol lift toshlari qisib qolishi oqibatida vafot etgandi.
LiveBarchasi