Riviera savdo markazida farrosh ayolni lift toshlari bosib qoldi

3-sahifa

image
Liftdan ayolning jasadini topgan kim? north_east

Liftdan ayolning jasadini topgan kim?

Bugun, 3 fevral kuni Toshkent shahrining Olmazor tumanida joylashgan savdo majmuasida farrosh ayol lift toshlari qisib qolishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda QALAMPIR.UZ so‘roviga asosan Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.

Hodisa bugun soat 11:10 da 45 yoshli farrosh ayol liftning harakatlanish shaxtasidagi shisha oynalarni tozalash jarayonida yuz  bergan. Ayol shaxtaning burchak qismida turgan vaqtida, lift eshiklari yopilib, tepaga qarab harakatlanishni boshlagan va liftni harakatga keltiruvchi qismi bo‘lgan toshlar pastga, ya’ni ayol turgan joyga qarab harakatlanib, uni qisib qolgan. Oqibatda ayol vafot etgan.

Voqea joyiga tezkor-tergov guruhi a’zolari chiqishgan. Voqea joyi ko‘zdan kechirilib, voqea tasvirlangan videoyozuvlar bayonnoma asosida olingan, ayolning vafot etganligi holati bo‘yicha sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda, natijasi bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 2 fevral kuni Rossiyaning Leningrad viloyatidagi qurilish maydonchasida 23 yoshli o‘zbekistonlik ishchining jasadi topilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent lift

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing