Toshkentdagi “DANIEL HILL HOTEL” mehmonxonasi 350 kishini karantinda saqlab berish tashabbusi bilan chiqdi
Jamiyat
−
22 mart 2020
7538Ma’lumki, koronavirus bilan bog‘liq O‘zbekistondagi vaziyat kundan kunga jiddiy tus olib bormoqda. Mamlakatda ushbu ofatga qarshi kurashish, infeksiyaning ommaviy tarqalishining oldini olish faqat mutasaddilar va davlatning vazifasi emas, balki har bir fuqaroning burchi.
Ayni vaziyatda mamlakatda bir qator tadbirkorlar ko‘rilayotgan choralarni qo‘llab-quvvatlab, kamarbasta bo‘lishga tayyor ekanini ma’lum qilmoqda.
Jumladan, poytaxt Toshkentdagi "DANIEL HILL HOTEL" mehmonxonasi xorijdan kelayotgan fuqarolarni qabul qilish, ularni karantinda saqlash va 3 mahal ovqat bilan ta’minlash taklifi bilan chiqdi.
“Yurtimizdagi karantin, va murakkab sharoitni inobatga olib, “DANIEL HILL HOTEL” mehmonxonasi, chet ellik investorlar bilan kelishilgan holda, Sog‘liqni saqlash vazirligiga ko‘mak va xizmat uchun tayyorligini bildiradi.
O‘zbekiston hududiga chet eldan kelayotgan vatandoshlarimizni karantinda saqlash uchun 350 kishi uchun moslangan 150 xona bilan birgalikda, ularni 3 mahal taom bilan ta’minlashga tayyor!”, deyiladi mehmonxona tomonidan berilgan bayonotda.
Eslatib ўтамиз, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtda ushbu virusni yuqtirib olganlar 43 nafarga yetdi.
Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor
LiveBarchasi