Toshkentdagi Bo‘rijar kanalida 3 kishi oqib ketdi
3-sahifa
−
12 aprel
6254Toshkent shahrida Bo‘rijar kanalining Chilonzor tumanidan oqib o‘tuvchi qismida 5 yashar bola, bir ayol va bir erkak oqib ketdi. Bu haqda “Ovoza” informatsion dasturida xabar qilindi.
Ma’lum qilinishicha, hodisa 10 aprel kuni sodir bo‘lgan. Bolakay kanal atrofida o‘ynab yurgan vaqtida suvga tushib ketgan. Buni ko‘rgan ayol bolani qutqarmoqchi bo‘lib, suvga o‘zini tashlagan. Shu payt atrofda bo‘lgan boshqa bir fuqaro ham ularni qutqarish maqsadida suvga tushganida, suv oqimining tezligi sabab uchchala fuqaro ham oqib ketgan.
Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruvchilari voqea joyiga kelganida ayol va bolaning jasadi shu atrofdagi fuqarolar tomonidan suvdan olib chiqilgani ma’lum bo‘lgan. Uchinchi shaxs esa suvga cho‘kib ketgan.
Hozirda mazkur fuqaroni qidirish ishlari olib borilmoqda. Ushbu fuqaroning shaxsi hozircha noma’lum.
LiveBarchasi