Toshkentdagi bo‘yoq sexida yong‘in chiqdi (video)
3-sahifa
−
10 Sentabr
3862Bugun, 10 sentyabr kuni Toshkentdagi bo‘yoq sexida yong‘in chiqdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 14:15 da Zangiota tumani, “Erkin” MFYda joylashgan bo‘yoq (kraska) ishlab chiqarish sexi binosida yong‘in bo‘layotganligi to‘g‘risida Toshkent viloyati FVBga xabar kelib tushgan.
“Yong‘in o‘chirish ekipajlari tezkorlik bilan yetib borgan, ayni vaqtda yong‘inni o‘chirish ishlari bajarilmoqda”, deyiladi xabarda.
Yong‘in oqibatida tan jarohati olgan va vafot etgan fuqarolar to‘g‘risida xabar kelib tushmagan. Voqea joyiga vazirlik rahbariyati hamda mas’ul tashkilotlarning vakillari chiqqan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyatidagi Shahrixon tumanidagi sport maktabida yong‘in chiqqandi.