Toshkentdagi bozorlarni xonavayron qilgan “bozorqo‘m” haqidagi ma’lumotlar ochiqlandi

Jamiyat

image

Poytaxtdagi “Yangiobod ixtisoslashgan bozori” direktori I. qator korrupsiyaviy jinoyatlarni sodir etishda ayblanib, tergov o‘tkazilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, u muqaddam savdo va bozor sohalarida ishlab, bir necha marotaba sudlangan, so‘nggi bor “Sergeli dehqon bozori” direktori lavozimida ishlaganda sodir etgan suiiste’molchiliklari va talon - torojliklar uchun 2016 yilda sud hukmi bilan jazolangan. 

I. 2019 yil fevral oyida yana “Sergeli dehqon bozori” direktori lavozimiga tayinlanib, o‘sha yilning aprel oyidan esa “Yangiobod ixtisoslashgan bozori” direktorligiga o‘tgan.

Bu bozorda ham “eski hunarini” davom ettirgan I. bozorga shaxsiy mulki sifatida qarab, tushumlarni va bozor mulkini talon - toroj qilish bilan shug‘ullanib kelgan.

G‘araz maqsadlarini amalga oshirish uchun atrofiga o‘ziga hayrihoh shaxslarni to‘plab, qisqa muddatda 2,7 mlrd. so‘mlik tushum pullarini o‘marganligi, 919 mln. so‘m soliqdan bo‘yin tovlaganligi, bozorda 124 ta noqonuniy qurilmalar qurdirganligi aniqlangan.

Talon - toroj qilgan pullardan qariyb 740 mln. so‘mini legallashtirgan, jumladan, 340 mln. so‘mga 5 xonali kvartira, 200 mln. so‘mga “Trailblezer” avtomashinasini sotib olgan.  

Bunday talon - torojlik oqibatida bozor o‘ta ayanchli holatga kelib qolgan.

Shu bilan birga, “Sergeli dehqon bozori”, “Farhod dehqon bozori”,  “Aviasozlar dehqon bozori”ga o‘ziga yaqin shaxslarni lavozimga o‘tkazishga erishib, ushbu bozorlarga ham o‘zi norasmiy rahbarlik qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

korruptsiya prokuratura bozor

Baholaganlar

611

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing