Toshkentdagi bozor avtoturargohidan 43 yoshli erkakning jasadi topildi
3-sahifa
−
07 yanvar 2021
20750Bugun, 7 yanvar kuni Toshkent shahrining Chilonzor tumanida joylashgan “Chilonzor buyum savdosi kompleksi”ga qarashli “Do‘stlik” bozori avtoturargohi yoniidan o‘lik holdagi erkakning jasadi topilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Matbuot xizmati QALAMPIR.UZ’ga xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, avtoturargoh yonidan jasadi topilgan erkak Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumanida istiqomat qiluvchi, 1977 yilda tug‘ilgan G‘.E. ekani ma’lum bo‘lgan.
Bosh prokuratura xabariga ko‘ra, 43 yoshli erkakning o‘limiga yurak chap qorincha miokard infarkti, yurak yorilishi, yurak tamponadasi sabab bo‘lgan.
Sirdaryolik erkakning nima sababdan ushbu hududda bo‘lgani ma’lum emas.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr