Toshkentdagi bolalar uyi tarbiyalanuvchisi “samosud” qilindi (video)
3-sahifa
−
13 avgust
12411Ijtimoiy tarmoqlarda 22-son Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisi boshqa bolalar tomonidan “samosud” qilingani haqida xabar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Ijtimoiy himoya milliy agentligi munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, holat Ijtimoiy himoya milliy agentligi nazoratiga olingan. Ayni vaqtda Ijtimoiy himoya milliy agentligi va Milliy gvardiya mas’ullaridan iborat ishchi guruh o‘rganish olib bormoqda.
“O‘rganish natijalari va xulosalari yuzasidan tez kunda qo‘shimcha ma’lumot va axborot beriladi”, deyiladi xabar so‘ngida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qarshida qarzini qaytarmagan fuqaro “samosud” qilingandi.
LiveBarchasi