Toshkentdagi bog‘lar endi tun-u kun ishlaydi

Jamiyat

image

Endilikda Toshkent shahridagi bog‘lar va parklar 24 soat davomida faoliyat yuritadi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida keltirilgan.

Qarorga muvofiq, Toshkent shahrining kamida 60 gektar yer maydonida attraksionlardan holi bo‘lgan jamoat istirohat bog‘i hamda har bir tumanda kichik yashil istirohat bog‘lari tashkil etiladi.

Qarorda jamoat bog‘i va kichik yashil bog‘larni tashkil etish ishlariga Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev biriktirilgan. U uch oy davomida, xalqaro ekspertlar, me’morlar va dizaynerlarni jalb qilgan holda, jamoat bog‘i va kichik yashil bog‘larni qurish konsepsiyasini ishlab chiqishi kerak.

Shuningdek, hokim jamoatchilik bog‘i tuzilishi haqidagi aholining fikrini bilish uchun jamoatchilik fikrini, tashkiliy masalalarni o‘rganishni ta’minlashi va takliflar berish uchun jamoat bog‘i va kichik yashil bog‘larni tashkil etish imkoniyati bo‘lgan hududlarni aniqlashi lozim. 

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi poytaxtda 24 soat davomida ishlaydigan parklarda jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha majburiy talablarni belgilaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

92

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing