Toshkentdagi bog‘chada qarovsiz qolgan bola 2-qavatdan tushib ketdi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi bog‘chada 5 yoshli bola 2-qavatdan tushib ketgani haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 30 iyun kuni taxminan soat 9:45 lar atrofida Chilonzor tumanidagi 7-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida ro‘y bergan. Ta’lim tashkilotida tarbiyalanuvchi R.I. nazoratsizlik oqibatida ikkinchi qavat zinasidan yiqilib tushgan. Bundan xabar topgan tashkilot hamshirasi tarbiyalanuvchiga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatgan va 16-sonli shahar shifoxonasi bolalar bo‘limiga olib borgan.

Shifokorlarning birlamchi tashxisiga ko‘ra, tarbiyalanuvchi R.I.ga ikki qo‘l bilak sohasi sinishi, burun suyak sohasi sinishi, yuqori jag‘ kurak tishlarining aliyonlari osig‘ining sinishi tashxisi qo‘yilgan. Bolaning ahvoli og‘ir bo‘lgani sababli jonlashtirish bo‘limiga joylashtirishgani, ahvoli yaxshilanganidan so‘ng jonlantirish bo‘limidan chiqarishgani aniqlangan.

Bildirilishicha, ayni paytda holat bo‘yicha Chilonzor tuman IIO FMB xodimlari tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoro viloyati Buxoro tumanida joylashgan yakka tartibdagi tadbirkor X.O‘.ga qarashli bo‘lgan maktabgacha ta’lim tashkilotida 2023 yilda tug‘ilgan Sh.Sh. tarbiyachining e’tiborsizligi tufayli elektr toki urishidan vafot etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent bog'cha Chilonzor

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing