Toshkentdagi bog‘chada bolani stulga “skotch”lab qo‘ygan tarbiyachi jazolandi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoq sahifalarida Yunusobod tumanidagi xususiy bog‘chalardan birida bolalarning ovqat yemagani uchun “skotch”lashgani haqida videoxabar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, Yunusobod tumanidagi “First Daycare” xususiy maktabgacha ta’lim tashkilotida 2025 yil 21 fevral kuni tarbiyachi S.A. va tarbiyachi yordamchisi X.M. tarbiyalanuvchilardan birini ovqat yemagani uchun stulga skotchlagani aniqlangan.

Bu voqeadan so‘ng tashkilot ma’muriyati tarbiyachi S.A., tarbiyachi yordamchisi X.M. lar bilan tuzilgan mehnat shartnomalarini bekor qilgan va ular ishdan bo‘shatilgan.

Bildirilishicha, ayni paytda yuqoridagi holat yuzasidan huquq-tartibot idoralari tomonidan surishtiruv-o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sirdaryo viloyati Sardoba tumanidagi bog‘chada amaliyotchi 6 yoshli bolaning tanasiga igna sanchib, tahdid qilgandi. Holat yuzasidan amaliyotchi talaba qizga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari (375 000 so‘m) miqdorida jarima jazosi tayinlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent bog'cha tarbiyachi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing