Toshkentdagi bekatda 32 yoshli erkak osilgan holda topildi

3-sahifa

image

Toshkent shahrida 1994 yilda tug‘ilgan erkak bekatda osilgan holda topildi. Bu haqda QALAMPIR.UZ so‘roviga javoban Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.

Uning bildirishicha, bugun, 25 iyul kuni soat 15:00 atrofida Toshkent shahri Yunusobod tumanida 1994 yilda tug‘ilgan fuqaro M.M. o‘z joniga qasd qilgan holda vafot etgan.

Sud-tibbiy ekspertizaning dastlabki xulosasiga ko‘ra, o‘limga bo‘yin sohasidagi strangulyatsion egatlar natijasida kelib chiqqan mexanik asfiksiya sabab bo‘lgan. Marhumning tanasida boshqa tan jarohatlari aniqlanmagan.

Hodisa yuzasidan tegishli protsessual harakatlar amalga oshirilib, marhumning yaqin qarindoshlari so‘roq qilingan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, uning bank oldida qarzdorligi bo‘lgani aniqlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Yunusobod tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida 47 yoshli qaynona kelinning uyidagi ishlarini bilmasligini bahona qilib, uni kaltaklab, ruhiy bosim o‘tkazishi oqibatida kelin o‘z joniga qasd qilgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing