Toshkentdagi bankomatlardan 2,3 mlrd so‘m o‘zlashtirgan bank xodimlari ushlandi
Jamiyat
−
24 fevral 2021
11567Toshkentda bankomatlarga joylashtirish uchun ajratilgan naqd pullarni o‘zlashtirgan “shovvozlar”ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan AT “Xalq banki” Chilonzor filiali murojaatiga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, filialning xizmat ko‘rsatish qurilmalari bilan ishlash bo‘yicha bosh mutaxassisi J.M. va boshqalar oldindan til biriktirib, filialning tumandagi 18 ta bankomatidan 7 oy davomida jami 2,3 mlrd so‘m naqd pulni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan J.M. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
LiveBarchasi