Toshkentdagi ayrim ko‘chalar vaqtinchalik yopildi

Jamiyat

image

Kecha, 4 yanvar kuni Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Sultoniya” ko‘chasi qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli 12 yanvarga qadar yopildi. Bu haqda Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, “Sultoniya” ko‘chasiga tutash hududdagi “Sho‘rtepa”, “Sho‘rtepa 1-tor” va “Sultoniya 5-tor” ko‘chalarida ham avtoulovlar harakati qisman cheklanadi. Ushbu hududda istiqomat qiluvchi fuqarolar o‘z avtoulovlari orqali “Buyuk ipak yo‘li” ko‘chasidan harakatlanishi mumkin bo‘ladi.

“Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. Tez orada qayta rekonstruksiyadan chiqqan zamonaviy yo‘l tuzilmasida harakatlanish imkoniyati yaratiladi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yangi yil bayrami tadbirlariga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish, shuningdek, bayram tadbirlari vaqtida aholi xavfsizligini ta’minlash hamda jamoat tartibini saqlash maqsadida Toshkent shahridagi ayrim ko‘chalar vaqtinchalik yopilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent ko'cha qurilish-ta'mirlash ishlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing