Toshkentdagi ayrim ko‘chalar vaqtinchalik yopildi
Jamiyat
−
08 noyabr 2025 2050 1 daqiqa
Toshkent shahridagi Nihol ko‘chasida ta’mirlash ishlari olib borilayotgani sababli uning ayrim qismlari vaqtinchalik yopiladi. Bu haqda Toshkent shahar Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Mirzo Ulug‘bek tumani Nihol ko‘chasida yo‘l ta’mirlash ishlari olib borilayotgani sababli Milliy bog‘ ko‘chasidan Temur Malik ko‘chasigacha bo‘lgan qismda transport vositalari harakati bugun, 8 noyabr kuni soat 12:00 dan 9 noyabr kuni 20:00 gacha vaqtincha cheklangan.

Haydovchilarga aylanma yo‘nalishlardan foydalanishni tavsiya etiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ham Toshkent shahridagi Nihol ko‘chasi ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan vaqtinchalik yopilgandi.
Live
Barchasi