Toshkentdagi ko‘cha vaqtinchalik yopiladi

Jamiyat

image

Toshkent shahridagi Nihol ko‘chasi ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan vaqtinchalik yopiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Mirzo Ulug‘bek tumani Nihol ko‘chasida yo‘l ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan Milliy bog‘ ko‘chasidan aylanma harakatli chorrahagacha bo‘lgan qismda transport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi.

Cheklov bugun, 5 noyabr soat 23:00 dan ertaga, 6 noyabr soat 23:00 gacha amal qiladi. Haydovchilarga aylanma yo‘nalishlardan foydalanish tavsiya etiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Birlashgan Millatlar tashkilotining maorif, fan va madaniyat masalalari bilan shug‘ullanuvchi tashkiloti – UNESCO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi o‘tkazilishi munosabati bilan Samarqand shahriga kirish yo‘llar vaqtinchalik yopilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Nihol ko'chasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing