Toshkentdagi ayrim ko‘chalar vaqtincha yopiladi

Jamiyat

image

Toshkent shahri Bobur ko‘chasining bir qismi avtomobillar harakati uchun vaqtincha cheklanadi. Bu haqda “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MCHJ axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Toshkent shahridagi iste’molchilarni energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash maqsadida Yakkasaroy tumanining Bobur ko‘chasi Shota Rustaveli ko‘chasi bilan kesishmasidan Nukus ko‘chasi bilan kesishmasigacha bo‘lgan qismida 110 kV li yuqori kuchlanishli yer osti elektr uzatish kabel tarmoqlarini o‘tkazish ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Shu sababli, joriy yilning 18 sentyabr kunidan 15 oktyabr kuniga qadar Bobur ko‘chasining ushbu qismida avtotransport vositalarining harakati cheklanadi.

“Haydovchilardan noqulayliklar uchun uzr so‘rab, aylanma yo‘llardan foydalanishlarini tavsiya etamiz”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 14 sentyabridan futzal bo‘yicha Jahon chempionati start olishi munosabati bilan Toshkent shahridagi “Humo arena” yonidagi bir qator ko‘chalarda transport harakati cheklangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing