Toshkentdagi ayrim ko‘chalar 11 maygacha yopildi
Jamiyat
−
12:53 739 1 daqiqa
Toshkent shahrida 2 maydan 11 maygacha Milliy kutubxona oldidagi maydonga tutash hududlardagi ko‘chalarda transport vositalari harakati cheklandi. Bu haqda hokimlik matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Toshkent shahrida 7-9 may kunlari “Tashkent Flowers Fest — 2026” gullar bayrami o‘tkazilishi sababli O‘zbekiston Milliy kutubxonasi oldidagi maydonga tutash quyidagi hududlarda 2 maydan 11 maygacha transport vositalari harakati cheklanadi:
Zarafshon ko‘chasining “Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasi qo‘riqlash punkti va Mustaqillik shoh ko‘chalari oralig‘idagi qismi;
Istiqlol ko‘chasining Amir Temur shoh va Buyuk Turon ko‘chalari oralig‘idagi qismi;
Buyuk Turon ko‘chasining Istiqlol ko‘chasi kesishmasidan Yoshlar ijod saroyigacha bo‘lgan qismi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Chilonzor tumanidagi Bunyodkor va Cho‘ponota ko‘chalari kesishmasida joylashgan yo‘l o‘tkazgichda (ko‘prikda) ta’mirlash ishlari olib borilishi rejalashtirilgani sababli “Novza” metro bekatidan “Chilonzor” metro bekati yo‘nalishidagi yo‘l o‘tkazgichning birinchi bo‘lagi (polosasi) harakatlanish uchun 30 apreldan 16 mayga qadar yopilishi haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi