Toshkentdagi asosiy yo‘llardan biri yopiladi

Jamiyat

image

Toshkent shahrining Chilonzor tumanidagi Bunyodkor va Cho‘ponota ko‘chalari kesishmasida joylashgan yo‘l o‘tkazgichda (ko‘prikda) joriy ta’mirlash ishlari olib borilishi rejalashtirilgan. Bu haqda poytaxt matbuot xizamti xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, ta’mirlash ishlari munosabati bilan “Novza” metro bekatidan “Chilonzor” metro bekati yo‘nalishidagi yo‘l o‘tkazgichning birinchi bo‘lagi (polosasi) harakatlanish uchun 30 apreldan 16 mayga qadar yopiladi.

Haydovchilardan ushbu vaqt oralig‘ida imkon qadar aylanma yo‘llardan foydalanishlarini va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tirbandliklarning oldini olishlari so‘ralgan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Bunyodkor Cho'ponota

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing