Toshkentdagi avtobuslarga qoidabuzarliklarni qayd etuvchi videoregistratorlar o‘rnatiladi
Jamiyat
−
21 dekabr 2022
3088Toshkentdagi avtobuslarga qoidabuzarlikni qayd etuvchi videoregistratorlar o‘rnatilishi kutilmoqda. Bu haqda IIV Jamoat xavfsizligi depertamenti yo‘l-harakat xavfsizligi boshqarma boshlig‘i Fazliddin Toshkenboyev ma’lum qildi.
Toshkentda jamoat transporti uchun mo‘ljallangan yo‘laklardan foydalangan va o‘z avtomobilini bekatlarda qoidaga zid ravishda qoldirib ketgan haydovchilarga chora ko‘rish bo‘yicha yangi tizim ishga tushadi.
“Avtomobillarni yo‘l yoqalariga tartibsiz qoldirib ketish holatlari juda ko‘p. Buning oldini olish maqsadida jamoat transportlariga videoregistratorlar o‘rnatish rejalashtirilgan. Bu orqali inson omilini cheklagan holda qoidabuzarlarga nisbatan jazo choralarini qo‘llash yo‘lga qo‘yiladi”, deydi Toshkentboyev.
Toshkenboyevning qayd etishicha, avtobus haydovchilarining bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida ular bilan alohida suhbatlar, tushuntirishlar va ekspress kurslar tashkil etilyapti.
“Bundan tashqari, yangi haydovchilarni jamlash bo‘yicha ishchi guruh tashkil qildik va 200 dan ortiq haydovchilar bilan qisqa muddatli o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etyapmiz. Keyin ularni maxsus sinovdan o‘tkazamiz va shundan so‘ng ular bilan shartnoma imzolanadi”, deya qo‘shimcha qildi Fazliddin Toshkenboyev.
Sohiba Komilovna
LiveBarchasi