Toshkentdagi asosiy yo‘llardan biri yopiladi
Jamiyat
−
18:57 939 1 daqiqa
Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanidagi Janubiy vokzal hududidagi Shota Rustaveli ko‘chasi yaqinida avtotransport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi. Bu haqda poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish ishlari munosabati bilan Yakkasaroy tumanida, Janubiy vokzal hududidagi Kichik halqa avtomobil yo‘lining Shota Rustaveli ko‘chasi bilan kesishgan qismida avtotransport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi.
Cheklov Janubiy vokzal yaqinidagi Kichik halqa avtomobil yo‘lining Shota Rustaveli ko‘chasi bilan kesishgan qismidagi 400 metr masofagacha qismida 31 may kuni soat 23:00 ga qadar amal qiladi.
Qayd etilishicha, transport vositalari harakati rasmdagi sxemaga muvofiq aylanma yo‘nalishlar orqali tashkil etiladi.
“Haydovchilardan harakat yo‘nalishlarini oldindan rejalashtirishlari, muqobil yo‘nalishlardan foydalanishlari hamda yo‘l belgilariga amal qilishlarini so‘raymiz. Keltirilgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz”, deyiladi xabarda.
Live
Barchasi