Toshkentda jurnalistni so‘kkan shaxsga ma’muriy ish ochildi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda MY5 telekanali jurnalisti Nozimjon Teshayevni noma’lum shaxs haqorat qilgani aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘ldi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shaxar Ichki ishlar bosh boshqarmasi ma’lumot berdi.

Kecha, 3 iyun kuni Mirzo Ulug‘bek tumani Osiyo ko‘chasidagi ko‘p qavatli uylardan birining oldida 1993 yilda tug‘ilgan M.Ya. jamiyatda yurish-turish qoidalarini mensimasdan Nozimjon Teshayev bilan og‘zaki janjallashib, jamoat tartibini buzgan.

Mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi boshqarmasi tomonidan Ma’muriy javobgarlik to‘grisidagi kodeksining 183-moddasi (mayda bezorilik) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Hujjatlar o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqishlik uchun jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudiga taqdim etiladi.

 


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent jurnalist haqorat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing