Toshkentda juftlik kaltaklangani bo‘yicha jinoyat ishi ochildi

3-sahifa

image

Toshkentda Ichki ishlar organi xodimlari ikki fuqaroni ayovsiz do‘pposlagani holati bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda QALAMPIR.UZ'ga Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi. 

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 206-moddasi 1-qismi (Hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish, ya’ni davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi mansabdor shaxsining o‘ziga qonun bilan berilgan vakolatlar doirasidan chetga chiqadigan harakatlarni qasddan sodir etishi, fuqarolarning huquqlariga yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat manfaatlariga ko‘p miqdorda zarar yoxud jiddiy ziyon yetkazilishiga sabab bo‘lsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvaliga ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda Ichki ishlar organi xodimlari ikki fuqaroni ayovsiz do‘pposlagani haqida xabarlar tarqalgandi. 

Keyinchalik esa holat yuzasidan Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shohruh G‘iyosov izoh berib, ikki fuqaro giyohvandlik vositalarini sotishga aloqadorlikda va profilaktik nazoratni buzishda gumonlangani hamda o‘zini noo‘rin tutib, ichki ishlar organlari xodimlarining harakatlariga faol qarshilik ko‘rsatganini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

548

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing