Toshkentda “jinoyat qidiruv xodimi” ushlandi
Jamiyat
−
21 avgust 2019
9473Poytaxt Toshkent shahrining Chilonzor tumanida soxta jinoyat qidiruv xodimi qo‘lga olindi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Matbuot xizmati xabar berdi.
Joriy yilning 17 iyul kuni Chilonzor tumanida joylashgan oliy ta’lim muassasalarining birining talabasi hisoblangan 25 yoshli Biloliddin O. 29 yoshli Sardor A.ga o‘zini “jinoyat qidiruv xodimi” deb tanishtirgan. Shundan so‘ng, u fuqaroni o‘g‘irlangan buyumlarni sotib olganlikda ayblab, sodir etgan jinoyati uchun ko‘z yumishini va jinoiy javobgarlikka tortmasligi uchun 100 AQSH dollarini so‘ragan.
Biloliddin O. Chilonzor tumani Muqimiy ko‘chasida talab qilingan pulni olish vaqtida qo‘lga olindi.
Ushbu fakt bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (“Firibgarlik”) bilan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
LiveBarchasi