Toshkentda Jiguli yonib ketdi

Jamiyat

image

Bugun, 27 may kuni Toshkent shahrida “VAZ-2107” rusumli transport vositasida yong‘in kelib chiqdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi Axborot xizmati xabar berdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 27 may kuni soat 11:45 larda, Toshkent shahar, Olmazor tumani, Qorasaroy-Nurafshon ko‘chasi bo‘ylab, TXAY ko‘chasi tomon haydovchi 1988 yilda tug‘ilgan A.G‘. (erkak) “VAZ-2107” rusumli transport vositasida harakatlanayotib, 2-sonli tug‘ruqxona qarshisiga yetgan vaqtida avtomobilning dvigatel qismida yong‘in yuzaga kelganligi sababli yo‘l chetiga to‘xtagan.

Haydovchi va avtomobil salonidagi yo‘lovchi zudlik bilan transport vositasidan tushib, xavfsiz hududga o‘tishgan. Yong‘in bartaraf etilgan. Yong‘in natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.

Mazkur yong‘in yuzasidan Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Olmazor tumani bo‘limi va Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

“Barcha haydovchilardan boshqaruvidagi transport vositasi texnik sozligiga e’tiborli bo‘lishlarini, nosoz transport vositalarini boshqarmasliklarini so‘rab qolamiz“, deyiladi boshqarma xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in

Baholaganlar

141

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing