Toshkentda jahon chempioni Kamoliddin Rasulov boshqa bir sportchi tomonidan o‘ldirildi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida dzyudo va kurash bo‘yicha jahon chempioni, qashqadaryolik 29 yoshli Kamoliddin Rasulov boshqa bir sportchi tomonidan pichoqlab, o‘ldirilgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Toshkent shahar prokraturasi Matbuot kotibi Xurshida Rahmanova ma’lumot berdi. 

Qayd etilishicha, voqea kecha, 13 sentyabr kuni soat 21:30 da Toshkent shahrining Uchtepa tumanida sodir bo‘lgan. Fuqaro Sh.T. tanishi, harbiy xizmatchi Kamoliddin Rasulovga qo‘ng‘iroq qilib, undan xarid qilib olgan “Humo Trop” vitaminini iste’mol qilgani uchun sog‘lig‘i yomonlashganini, shifokorlar bu kasallikning davosi yo‘qligini bildirganini aytgan va uni Uchtepa tumani, 14-mavzedagi uyi oldiga chaqirgan. Ular ko‘rishgach, o‘zaro janjallashib qolib, Sh.T. yonida olib chiqqan oshxona pichog‘i bilan Kamoliddin Rasulovni turli sohalariga bir necha marotaba urib, qasddan o‘ldirgan.

Ayni vaqtda Uchtepa tumani prokuraturasi tomonidan Sh.T.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, u Jinoyat protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.

Mahalliy OAVlarga ko‘ra, sportchining o‘limiga sabab bo‘lgan Sh.T. ham milliy kurash va dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston chempioni bo‘lib, o‘zbek milliy kurashi bo‘yicha birinchi jahon chempioni – Toshtemir Muhammadiyevning jiyani bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 17 avgust kuni Qashqadaryo viloyatida aralash kurash jangchisi Elbek Rahimov ham bir guruh odamlar tomonidan qasddan o‘ldirib ketilgan edi. Shuningdek, Surxondaryoda sportchi 4 ta mashinada kelgan shaxslar tomonidan kaltaklangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1423

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing