Toshkentda “zapravka”lardagi sharoitni tanqid qilgan fuqaro qamaldi (video)
3-sahifa
−
31 dekabr 2024
37793Bir necha kun avval ijtimoiy tarmoqlarda fuqaro yuqori turuvchi organlarga murojaat qilib, avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalarida yuzaga kelayotgan muammolarni tanqid qilgani aks etgan video tarqalgan edi. Hodisa ortidan ushbu fuqaroga nisbatan Toshkent shahar Jinoyat ishlari bo‘yicha Bektemir tuman sudi tomonidan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi. QALAMPIR.UZ sud hujjati bilan tanishdi.
Sud qaroriga ko‘ra, G‘.D. 2024 yil 23 dekabr kuni Toshkent shahar Bektemir tumanida joylashgan avtomobillarga gaz quyish shoxobchasida shoxobcha xodimlarini turli so‘zlar bilan haqoratlab, jamoat tartibini buzib, mayda bezorilik qilgan.
Sudda huquqbuzar quyidagilarni, u 2024 yil 23 dekabr kuni Toshkent shahar Bektemir tumani “Bektemir” MFY Oltintopgan ko‘chasi 2-uyda joylashgan “Morotrans” MCHJ gaz quyish shoxobchasida navbat kutib turganida shoxobcha yopilganligi sababli jahl ustida shoxobcha xodimlarini turli so‘zlar bilan haqorat qilib, baqir-chaqir qilganini, hozirda qilgan ishidan pushaymonligini, kelgusida bunday holat boshqa takrorlanmasligini bayon qilib, suddan unga yengillik berishni so‘ragan.
Huquqbuzarning mazkur huquqbuzarlikni sodir etganlikdagi aybi ish hujjatlaridagi jabrlanuvchining ayblanuvchiga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘rab yozgan arizasi, tushuntirish xatlari, huquqbuzarning jamoat tartibini buzganligi holati bo‘yicha Instagram ijtimoiy tarmog‘ini ko‘zdan kechirish va videotasvirni olish bayonnomasi hamda ma’muriy ishda to‘plangan boshqa hujjatlar bilan to‘liq o‘z isbotini topgan.
G‘.D. O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 183-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilgan. Huquqbuzarga O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi bilan 15 (o‘n besh) sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan. Ma’muriy qamoq jazosini o‘tash 2024 yil 26 dekabr soat 14:20 dan boshlab hisoblangan.
Jazo o‘talganidan so‘ng huquqbuzardan Toshkent shahar IIBB Ma’muriy tartibda qamoqqa olingan shaxslarni saqlash maxsus qamoqxonasi foydasiga qamalganlarni saqlash bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar uchun ma’muriy qamoqning har bir sutkasi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 15 foizi miqdorida, ya’ni 843 ming so‘m Ipoteka bankining “Mehnat” bo‘limiga undirilishi belgilangan.
LiveBarchasi