Toshkentda “zamministr”ning ikkinchi xotini” organ xodimlariga qarshilik ko‘rsatgani bo‘yicha izoh berildi
3-sahifa
−
26 avgust 2021
72156Avvalroq, Toshkentda reyd vaqtida to‘xtatilgan qoidabuzar ayol haydovchi “zamministr”ning xotini ekanini aytib, janjal ko‘targani va YPX xodimlariga qarshilik ko‘rsatgani haqida xabar bergan edik.
Toshkent shahar IIBB mazkur holat yuzasidan tekshiruv o‘tkazib, quyidagilarni ma’lum qildi.
Joriy yilning 30 iyul kuni Uchtepa tumani, KXAY ko‘chasi, Jahon tillari universiteti qarshisida o‘tkazilayotgan maxsus reyd tadbirida YPX inspektori tomonidan davlat raqami 01 X 743 DB bo‘lgan oq rangli Nexia-3 rusumli avtomobilga to‘xtash ishorasi berilgan. Biroq, haydovchi YPX inspektorining qonuniy talabiga bo‘ysunmasdan o‘z harakatini davom ettirgan. Ko‘rilgan chora tadbirlar natijasida mazkur transport vositasi KXAY va Farhod ko‘chalari kesishmasida to‘xtatilgan.
YPX inspektori tomonidan tekshirilganda transport vositasi haydovchisi 1996 yilda tug‘ilgan E.Madina avtotransport vositasini texnik qayd etish guvohnomasidan tashqari boshqa hujjatlarni taqdim eta olmagan. Javobgarlikdan qochib qutulish maqsadida E.Madina va uning ukasi 1999 yilda tug‘ilgan E.Umid IIO xodimlarining faoliyatiga to‘sqinlik qilib, janjal ko‘targan.
Ushbu fuqarolarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning tegishli moddalariga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, avtoulov vaqtincha jarima maydonchasiga joylashtirildi va huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarga nisbatan sud tomonidan tegishli jazo choralari qo‘llanildi.
O‘tkazilgan tekshiruv jarayonida E.Madinaning hech qaysi vazir o‘rinbosariga aloqasi yo‘qligi aniqlangan.
LiveBarchasi