Toshkentda yo‘lovchi avtobusdan yiqilib jarohatlandi

Jamiyat

image

10 dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda avtobus yo‘lovchilar chiqib ulgurmasdan avval harakatlangani oqibatida bir ayol jarohatlangani haqida xabarlar tarqadi. Ushbu vaziyat yuzasidan “Toshshahartransxizmat” AJ munosabat bildirdi.

Bildirilishicha, voqea soat 15:30 larda, Mirzo Ulug‘bek tumani, Qorasuv mavzesi, Mingbuloq ko‘chasi, “Universam bekati”da sodir bo‘lgan. Gap shundaki, "5-Avtobus saroyi” filiali tasarrufidagi “Yunusobod mavzesi 9 dahasi – Chingeldi mahallasi” yo‘nalishida harakatlanayotgan 50-sonli avtobus (haydovchi Sh.B.) yo‘lovchilarni to‘liq tushirib-chiqarib bo‘lmasdan harakatlangan. Oqibatda avtobusga hali chiqib ulgurmagan yo‘lovchi (T.M.) yiqilib tushgan va tan jarohati olgan.

“Yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan joyga darhol tez-tibbiy yordam xodimlari chaqirilib, RSHTTYO markaziga olib borilgan va birinchi tez-tibbiy yordam ko‘rsatilib tashxis qo‘yilgan. Tashxis natijalariga ko‘ra, yo‘lovchi yuz qismi peshonasidan yengil tan jaroxati olganligi hamda o‘ng qo‘li singanligi aniqlangan”, deyiladi xabarda.

Hozirda ushbu yo‘l-transport hodisasi Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan rasmiylashtirilib dastlabki tergov va surishtiruv ishlari olib borilyapti.

Eslatib o‘tamiz, 29 noyabr kuni Toshkent shahrida Mercedes-Benz rusumli avtobus va MAN yuk avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgandi. Oqibatda avtobusning 3 nafar yo‘lovchisi jarohatlangan. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Avtobus Toshshahartransxizmat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing