Toshkentda yo‘l o‘rtasida tomosha ko‘rsatgan yigitlar 3 sutkaga “kesildi”
3-sahifa
−
02 iyun 2023
9049Toshkent shahrining Chilonzor tumanidagi piyodalar o‘tish joyida yo‘l harakati qatnashchilarining hayotini xavf ostiga qo‘yib, prank olgan yigitlar 3 sutkaga qamaldi. Bu haqda Toshkent shahar sudlari Matbuot xizmati xabar berdi.
Keltirilishicha, voqea joriy yilning 31 may kuni tumandagi Chilonzor metro bekati oldidagi yo‘l qatnov qismining piyodalar o‘tish joyida yuz bergan. 2004 yilda tug‘ilgan P.D. va ushbu “prank”ni tasvirga olishga jalb qilingan tanishi 2000 yilda tug‘ilgan T.M., jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, go‘yoki o‘zini oyog‘i singan holatda ko‘rsatgan. Yo‘l qatnov qismida sun’iy tirbandlik sodir etgan hamda yo‘l harakati qatnashchilarining hayotini xavf ostiga qo‘ygan.
Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB tomonidan ushbu fuqarolarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, qonuniy chora ko‘rish uchun hujjatlar Jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudiga yuborilgan.
Bugun, 2 iyun kuni ochiq sud majlisida M.T. va D.P.ga oid ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish ko‘rib chiqilgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudining qaroriga ko‘ra M.T. va D.P. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik)da nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir qilgan deb topilib, ushbu kodeksning 32-moddasi (ma’muriy javobgarlikni og‘irlashtiruvchi holatlar) 4-qismi tartibida ularning har biriga 3 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
Eslatib o‘tamiz, instabloger bir necha kun oldin metroda begona qizning qo‘lini ushlab, shilqimlik qilgani hamda uni videoda olin intertda tarqatgan edi. Shundan so‘ng metroda shilqimlik qilgan yigitning shaxsi aniqlanib, unga nisbatan Ma’muriy Javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-1-moddasi (Shahvoniy shilqimlik qilish) bilan bayonnoma rasmiylashtirilgan va chora ko‘rish uchun sudga yuborilgandi. Sud hukmiga ko‘ra, yigit va uni videoga olgan sherigiga 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi belgilangandi.
LiveBarchasi