Toshkentda yo‘l talashish ortidan haydovchining ayoli homilasidan ayrildi (video)
3-sahifa
−
21 Sentabr 21435 1 daqiqa
Toshkent shahrining Yakkasaroy tumani, Muqimiy ko‘chasida Gentra va BYD avtomashinalarining haydovchilari o‘rtasida kelib chiqqan mojaroda homilador ayol tan jarohati olib, o‘z homilasidan ayrildi. Bu haqda poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, voqea haydovchilardan biri yo‘lning o‘ng bo‘lagiga o‘tishga urinayotgan vaqtda boshlangan. Mojaro davomida BYD haydovchisi va uning otasi Gentra haydovchisiga hujum qilib, avtomobil oynalarini sindirgan hamda uning homilador turmush o‘rtog‘iga jismoniy tajovuz qilgan.
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atgan. Hodisaning barcha ishtirokchilari qo‘lga olingan.
Qolaversa, homila nobud bo‘lishining aniq sabablarini aniqlash uchun sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Mutahassislar xulosasi chiqqanidan so‘ng, jinoyat ishining huquqiy malakasi qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq BYD rusumli avtomobil haydovchisi qarama-qarshi yo‘lda harakatlanib, chorrahadan svetaforning qizil chirog‘ida burilgani uchun jazolangandi.
Live
Barchasi