Toshkentda yuk mashinasi urib yuborgan 22 yoshli kurer vafot etdi (video)

3-sahifa

image

Kecha, 15 fevral kuni Toshkent shahrining Chilonzor tumanida HOWO rusumli yuk mashinasi velosipedchini urib ketishi oqibatida u vafot etdi. Bu haqda poytaxt Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, soat 18:00 larda Chilonzor tumani TXAY-Chorbog‘ ko‘chalari kesishgan chorrahasida HOWO rusumli yuk avtomobili hamda bir yo‘nalishda harakatlanib ketayotgan 2004 yilda tug‘ilgan shaxs boshqaruvidagi velosiped bilan to‘qnashishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

YTH ortidan velosiped haydovchisi olgan tan jarohatlari oqibatida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida avtobus va velosiped o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘lgandi. YTH ortidan velosiped haydovchisiga shifokorlar tomonidan birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Chilonzor yuk mashinasi kur'er

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing