Toshkentda YTH oqibatida Nexia-3 yonib ketdi (video)
3-sahifa
−
05 oktabr 2024 5239 1 daqiqa
Bugun, 5 sentyabr kuni Toshkent shahrida Cobalt va Nexia-3 rusumli avtomobillari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi va oqibatda Nexia-3 yonib ketdi. Bu haqda Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, erta tongda Toshkent shahridagi markaziy ko‘chalardan birida Cobalt va Nexia-3 ishtirokida YTH sodir bo‘lgani va Nexia-3 yonib ketgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarga sizdirilgan. Ma’lum bo‘lishicha, soat 06:05 da Toshkent shahar Mirobod tumani Oybek va Shahrisabz ko‘chalari chorrahasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lishi oqibatida avtomobilda yong‘in kelib chiqqan.
Yong‘in-qutqaruv texnikalari voqea sodir bo‘lgan joyga soat 06:11 da yetib borib, yong‘in soat 06:12 da o‘chirilgan. Yong‘in oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda ichida haydovchisi bo‘lgan “Jiguli” yonib ketgandi.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28