Toshkentda YTH oqibatida 5,7 ming xonadon gazsiz qoldi
3-sahifa
−
11 iyul
5486Bugun, 11 iyul kuni Toshkent shahrida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida bir hudud aholisi gazsiz qoldi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali xabar berdi.
Qayd etilishicha, YTH soat 02:15 da sodir bo‘lgan va Yashnobod tumanidagi Go‘zal mahallasi hududidagi o‘rta bosimli gaz quvuriga shikast yetgan.
To‘nashuv zararlari bartaraf etilgunga qadar quyidagi hududlarda gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi:
- Go‘zal mahallasida 70 ta mahalliy aholi xonadonlari;
- Olmos mahallasida 58 ta ko‘p qavatli uyda 2436 ta xonadon;
- Qalqon mahallasida 40 ta ko‘p qavatli uyda 3200 ta xonadon;
- ulgurji xaridorlar: 10.
“Ta’mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta’minoti tiklanadi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo viloyati hududidan o‘tgan “Muzrabot-Dushanbe” magistral gaz quvurida avariya yuz bergani sababli viloyatning ko‘plab tumanlari gaz ta’minotidan uzilgandi.
LiveBarchasi