Toshkentda YTH oqibatida haydovchi halok bo‘ldi
3-sahifa
−
11 Oktabr
7924Kecha, 10 oktyabr kuni Toshkent shahrining Olmazor tumanida Spark va Matiz avtomashinalari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda shahar IIBB YHXB xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, hodisa soat 23:30 larda Olmazor tumanining Nurafshon ko‘chasida sodir bo‘lgan. Haydovchi 1984 yilda tug‘ilgan B.Q. boshqaruvida bo‘lgan Spark rusumli avtomashinasi 2004 yilda tug‘ilgan haydovchi I.T. boshqaruvida bo‘lgan Matiz bilan to‘qnashgan.
Oqibatda Spark haydovchisi olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan. Shuningdek, mashina ichida bo‘lgan 2 nafar yo‘lovchiga hamda Matiz haydovchisiga birinchi yordam ko‘rsatish maqsadida shifoxonaga olib ketilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo viloyati Boysun tumanida Isuzu rusumli yuk mashinasi haydovchisi uch kishini urib yuborib, voqea joyidan qochib ketdi. Hodisa oqibatida ikki kishi vafot etdi.
Gumonlanuvchi yuk mashinasi bilan Sirdaryo viloyati hududida harakatlanayotgani aniqlangan. 56 yoshli yuk mashinasi haydovchisi tegishli tartibda ushlanib, Boysun tuman IIBga olib borilgan. Hozirda hodisa yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumondor protsessual tartibda qamoqqa olingan.
LiveBarchasi