Toshkentda YPX inspektorini mashina urib ketdi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Ijtimoiy tarmoqlarda yo‘l-patrul xizmati xodimini avtomobil urib yuborgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmati izoh berdi.

Qayd etilishicha, voqea bugun, 20 aprel kuni soat taxminan 10:40 da Mirzo Ulug‘bek tumani Abdulla Qodiriy va Maxatma Gandi ko‘chalari chorrahasida yuz bergan. Mazkur hududda xizmat olib borayotgan Toshkent shahar YPX inspektori Farhod Sayxamatovni A.T. boshqaruvidagi Hyundai Sonata rusumli, davlat raqam belgisi 01 990 QFA bo‘lgan avtomobilda urib yuborgan. 

Oqibatda YPX inspektori olgan tan jarohatlari bilan shifoxonaga olib borilgan.
 
Xabarga ko‘ra, holat yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi va Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1090

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing