Toshkentda YPX avtomobili daraxtga borib urildi

Jamiyat

image

Faqatgina oddiy haydovchilar emas, balki yo‘l harakati xavfsizligiga mas’ul bo‘lgan organ xodimlari ham yo‘l-transport hodisasi sodir etishi mumkin. Toshkent shahri Yashnobod tumanida YPX avotomobili yo‘l chetidagi daraxtga borib urildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar bermoqda.

Unga ko‘ra, joriy yilning  9 yanvar kuni soat 00:20 larda, Toshkent shahar Yashnobod tumani Pahlavon Mahmud ko‘chasida 1986 yilda tug‘ilgan haydovchi, Toshkent shahar IIBB YHXB YPX xodimi O.I. Lacetti rusumli maxsus xizmat avtomobilida harakatlanayotib, boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘l chetidagi daraxtga urilgan.

Qayd etilishicha, YTH natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. 

Mazkur hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilayotgani ma’lum qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

437

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing