Toshkentda yirik yong‘in yuz berdi

Jamiyat

image

Bugun, 31 iyul kuni Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar yong‘in xavfsizligi boshqarmasi ma’lum qildi.

Bugun soat 11:09 da Buyuk ipak yo‘li ko‘chasi 14a-uy, Mirzo Ulug‘bek kichik sanoat zonasi xududida joylashgan armatura ishlab chiqarish sexining transformator podstanitsyasi va uning moylari 250 kv m maydonida yongan.

Voqea joyiga yetib borgan yong‘in o‘chirish jangovar bo‘linmalari harakati bilan yong‘in soat 11:53 da qurshab olinib, soat 12:24 da o‘chirilgan. Yong‘in joyiga 10 ta yong‘in o‘chirish texnikasi jalb qilingan.

Yong‘in ishlab chiqari texnologik jarayonining buzilishi natijasida elektr ta’minotining ortiqcha kuchlanishnidan sodir bo‘lgan, deb taxmin qilinmoqda. Yong‘indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Yong‘inda insonlarni halok bo‘lish va tan jarohati olish holatlari qayd etilmadi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent yong'in tsex

Baholaganlar

70

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing