Toshkentda yirik miqdordagi dorilarni noqonuniy sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi
Jamiyat
−
26 mart 2021
4224Toshkent shahri Chilonzor tumanida 132 mln so‘mlik dori vositalarining noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chilonzor tuman bo‘limi tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, “M.” MCHJ farmatsevti A.A. va Sh.A. dori vositalarini dorixonadan tashqarida muomalaga kiritib daromad orttirish maqsadida, xorijda ishlab chiqarilgan “Debistal-GM” dori vositasining har bir donasini 33 ming so‘mdan hisoblab, 4 ming donasini 132 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan A.A. va Sh.A. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
LiveBarchasi