Toshkentda yoz va bahorda shaxsiy tomorqani sug‘orish cheklovi bekor qilindi
Jamiyat
−
25 noyabr 2025 5373 1 daqiqa
Toshkent shahrida bahor va yoz mavsumida jismoniy va yuridik shaxslarning yer maydonlaridagi daraxtlarni ichimlik suvi bilan sug‘orishga qo‘yilgan cheklov bekor qilindi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyevning kecha, 24 noyabr kuni imzolangan “Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonida so‘z boradi.
Ko‘p kvartirali uylarga sug‘orish uchun suv rezervuarlari o‘rnatiladi.
Qayd etilishicha, Toshkent shahrida jismoniy va yuridik shaxslarga qarashli yer maydonlaridagi dov-daraxtlarni bahor-yoz mavsumida ichimlik suvi bilan sug‘orishga qo‘yilgan cheklovlar bekor qilinmoqda. Shu paytgacha bu mavsumlarda faqat soat 0:00 dan 5:00 gacha sug‘orishga ruxsat berilgan.
Ichimlik suvidan boshqa maqsadlarda foydalanish bo‘yicha cheklov o‘z kuchida qoladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda favvoralar soni ikki baravar ko‘payishi, sun’iy ko‘l va suv havzalari tashkil etilishi ma’lum qilingandi.
Live
Barchasi