Toshkentda yosh qizchalarning shirinlik sotib, tilanib yurganiga munosabat bildirildi  

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Chilonzor tumani hududida voyaga yetmagan qizchalarning yo‘l bo‘yida shirinlik sotib yurgani aks etgan video tarqaldi. Tuman hokimligi mazkur holatga munosabat bildirdi. 

Qayd etilishicha, videoda aks ettirilgan holat tuman hokimligining tegishli mas’ullari, ko‘rsatilgan manzil yaqinida joylashgan masjid imomi va boshqa mas’ullar ishtirokida o‘rganilgan. O‘rganishlar jarayonida “Ubay ibn Ka’b” masjidi oldida Toshkent viloyati Zangiota tumanida yashovchi uch nafar ayol farzandlari bilan yengil pul topish maqsadida tilanchilikka chiqqani va shirinlik sotib yurgan qizchalar shu ayollarning farzandlari ekani aniqlangan.

"Ushbu ayollarga tushuntirish berildi va yana shunday tartibbuzarlik qilinsa, bolalarning hayotini xavf ostida qoldirib, shirinlik sotishlariga yo‘l qo‘yilsa, bolalarni himoya qilish komissiyasi tomonidan ota-onalarga chora ko‘rilishi bo‘yicha ogohlantirildi", deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent hokimlik Chilonzor

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made