Toshkentda yopilgan ikki ko‘cha yana 4 kun ochilmaydi
Jamiyat
−
21 may 2024 6981 1 daqiqa
Kecha, 20 may kuni Toshkent shahridagi keng ko‘lamli ta’mirlash va rekonstruksiya ishlari doirasida shahardagi ikkita ko‘cha 22 may soat 06:00 gacha yopilgani xabar berilgandi. Endilikda ushbu hududdagi ta’mirlash va rekonstruksiya ishlari 26 maygacha davom etishi ma’lum qilindi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
"Amalga oshirilayotgan ishlar jarayonida aholining iltimosiga binoan yoritish tizimlari, fasadlar, drenaj va irrigatsiya tizimlari, bordyurlarni yangilash, mahallalarga kirish yo‘llarini obodonlashtirish zarurati aniqlandi. Shu sababli, ishlar joriy yilning 26 mayigacha davom etadi”, deyiladi xabarda.
Bildirilishicha, ishni imkon qadar tezroq yakunlash uchun jalb qilingan xizmatlar xodimlari kecha-yu kunduz ishlaydi.
Habib Jo‘raboyev
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025